Saudiya Arabistonida huquqni muhofaza qilish idoralari shahzoda Saud bin Abdul-Aziz bin Musaidni qo‘lga olishdi. Bu qirol Salmon bin Abdulaziz Ol Saudning buyrug‘iga ko‘ra ro‘y bergan.
Al-Ekhbariya nashrining xabar qilishicha, hodisa internetda shahzodaga o‘xshash bo‘lgan insonning kishilarga hujum qilishi tasvirlangan video paydo bo‘lganidan so‘ng yuz bergan.
Qirol ehtimoliy qonunbuzar va uning barcha hamtovoqlarini qamoqqa olish haqida buyruq bergan. Davlat rahbari ro‘y bergan holatni “vakolatlarni suiiste’mol qilish” deb atagan.
Endilikda tergovchilar ro‘y bergan holatni surishtiruvdan o‘tkazishi va hodisaning barcha tafsilotlarini aniqlashi lozim.
Ma’lum bo‘lishicha, 1 iyul kuni ijtimoiy tarmoqlarda hukmron oila a’zolaridan biri odamlarni do‘pposlashda ishtirok etayotganiga doir videolavhalar keng tarqalgan. Lavhani 300 mingga yaqin kishi tomosha qilgan.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi