21:29 / 28.07.2017
7 264

Iordaniyalik o‘g‘ri zargarlik do‘koniga kirib 9 ta brilliantni yutib yubordi…

Iordaniyalik o‘g‘ri zargarlik do‘koniga kirib 9 ta brilliantni yutib yubordi…
Voqea Gongkongda sodir bo‘ldi. Huquqni muhofaza qilish tashkiloti xodimlarining aytishicha, iordaniyalik o‘g‘ri zargarlik do‘koniga kirib borgan. Do‘kondagilar faqat birgina kassir qizni qoldirib, o‘zlari tushlikka chiqib ketishgandi. O‘g‘ri kassir qizni bir zarba bilan hushidan ketkazdi-yu, temir qutini ochishga urindi. Ammo uddasidan chiqa olmadi. Signalizasiya ishlab ketdi.

Do‘konga etib kelgan polisiyachilar kassir qiz polda hushdan ketib yotganiga guvoh bo‘lishdi. O‘g‘ri esa o‘ylab ham o‘tirmay, vitrinadan sof brilliantlarni qo‘liga oldi-da, barchasini yutib yubordi. Polisiyachilar uni yaqin atrofdagi kasalxonaga olib borgach, aniqlandi. O‘g‘ri narxi 6 million dollarga teng jami 9 ta sof brilliantni yutib yuborgan ekan.

Ushbu fakt yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Tergov jarayonida o‘g‘ri Iordaniya fuqarosi ekanligi, Gongkongga sayyohlik vizasi bilan tashrif buyurgani ma’lum bo‘ldi.


Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Iordaniyalik o‘g‘ri zargarlik do‘koniga kirib 9 ta brilliantni yutib yubordi…