Amerika Qo‘shma Shtatlari Suriyaning Al Bukamol shahridan chekinayotgan IShID terrorchilariga zarba bermadi. Bu haqda «RIA Novosti»ga tayanib «Kun.uz» xabar berdi.
Amerika harbiylari jangarilar "ko‘ngilli ravishda asir tushayotgani"ni vaj qilib, "Harbiy asirlar bilan muomala qilish to‘g‘risida" Jeneva konvensiyasi shartlariga rioya qilinganini ta’kidlamoqda.
Rossiya guruhi qo‘mondonligi jangovar va og‘ir qurol-yarog‘larga ega terrorchi guruhlari xalqaro koalitsiya nazoratidagi hududda qayta guruhlanayotganiga oydinlik kiritilishini so‘ragan. Bu savolga amerikaliklar javob berishmagan.
Bundan tashqari, koalitsiya samolyotlari Rossiya harbiy-kosmik kuchlari samolyotlariga "xalal bera boshlagan". Ular shahar osmonida 15 kilometrlik hududga kirgan. Qo‘shma Shtatlar chekinayotgan terrorchilarni hukumat qo‘shinlari zarbalaridan xavfsiz holatda olib chiqilishini ta’minlashni istagan, deb yozadi RIA Novosti.
Rossiya Mudofaa vazirligiga ko‘ra, Suriya hukumat kuchlarining Al-Bukamolga hujumi Amerikaning Frot daryosi sharqiy qirg‘og‘da Damashqqa bo‘ysunmaydigan hokimiyatni tashkil etish rejasini barbod qildi.
9 noyabr kuni Suriya hukumati Al-Bukamolni to‘liq nazoratga olgani xususida e’lon qildi. Hukumat qo‘shinlari Dayr Az Zor viloyatidagi shaharni qayta egallab oldi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi