Kecha, 6 dekabr kuni Nijniy Novgorod shahrida, GAZ avtomobil zavodi ishchilari bilan bo‘lgan uchrashuvda Vladimir Putin Rossiyada bo‘lib o‘tadigan navbatdagi prezidentlik saylovida o‘z nomzodini qo‘yish to‘g‘risidagi qarorini e’lon qildi. Bu haqda qalampir.uz Rossiya OAVga tayanib xabar berdi.
Vladimir Putin Rossiya prezidentligiga o‘z nomzodini qo‘yishi to‘g‘risidagi savolga “Ha, men Rossiya Federatsiyasi prezidentligiga bo‘ladigan saylovda o‘z nomzodimni qo‘yaman”, deb javob bergan. Shuningdek, tadbir ishtirokchilariga qizg‘in qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildirgan.
Putinning hozirgi prezidentlik vakolati muddati 2018 yil 7 mayda o‘z nihoyasiga yetadi. 2018 yilda bo‘lib o‘tadigan saylovdagi ishtiroki Putin uchun to‘rtinchisi hisoblanadi. Agar u saylovda g‘alaba qozonadigan bo‘lsa, 2018 yildan 2024 yilgacha Rossiya Federatsiyasi Prezidenti sifatida faoliyatini davom ettiradi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi