Eronda ikkita terrorchilik guruhi zararsizlantirildi

  • 22 noyabr 2015, 18:12
  • 6 165
  • Dunyo
  • Eron so‘nggi kunlar ichida ikkita terrorchilik guruhini zararsizlantirdi. Bu haqda mamlakat razvedka vazirligi ma’lum qildi, deb xabar beradi «TASS».

    Eronda ikkita terrorchilik guruhi zararsizlantirildi

    «Eron xavfsizlik kuchlari ikkita viloyatda portlashlarni amalga oshirishni rejalashtirgan ikkita terrorchilik guruhini zararsizlantirdi», — deb vazirlik axborotiga tayanib, IRNA agentligi xabar qilmoqda.

    Terrorchilik to‘dalaridan biri Sistan va Belujiston provinsiyalarining janubi-sharqida harakat qilgan. Xavfsizlik xizmati xabariga ko‘ra, terrorchilar umumiy og‘irligi 150 kilogrammdan ortiq bo‘lgan 10 ta bombani mamlakatning janubiy chegaralari yaqinida portlatishni rejalashtirgandi.

    Ikkinchi terrorchilik guruhi esa G‘arbiy Ozarbayjon viloyatida qo‘lga olingan. Ulardan ko‘p sonli qurol-yarog‘ va o‘q-dorilar musodara qilingan.


    Manba: Daryo.uz

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Eronda ikkita terrorchilik guruhi zararsizlantirildi