16:38 / 12.04.2018
3 703

AQSh razvedkasi samolyotlari Kritga yetib keldi

AQSh razvedkasi samolyotlari Kritga yetib keldi
AQSh razvedkasining ikkita samolyoti Gretsiyaning Krit oroliga yetib keldi. Bu haqda Iefimerida portaliga tayanib Kun.uz xabar bermoqda.

Samolyotlar Irakliondan uncha uzoq bo‘lmagan yerdagi «Nikos Kazandzakis» aeroportiga qo‘ngan. Gap Afg‘oniston va Iroqdagi amaliyotlar vaqtida foydalanilgan MC-12S EMARSS va MC-12W Liberty modeli haqida ketmoqda.

Samolyotlar ekipaji to‘rt kishidan iborat: qo‘mondon, uchuvchi va ma’lumot yig‘ish bilan shug‘ullanuvchi ikki zobit.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Britaniyaning Kiprdagi samolyotlari Suriyaga zarba berishga tayyor turgani xabar berilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSh razvedkasi samolyotlari Kritga yetib keldi