11:02 / 18.05.2018
4 132

Yoqutistonda yo‘lovchi samolyotga o‘qotar qurol bilan chiqmoqchi bo‘ldi (video)

Yoqutistonda yo‘lovchi samolyotga o‘qotar qurol bilan chiqmoqchi bo‘ldi (video)
Yoqutistonning Deputatskiy aeroportida favqulodda hodisa yuz berdi, deb xabar qilmoqda Darakchi nashri.

50 yoshli yo‘lovchi nazoratdan o‘tish payti qo‘lga olindi. Aeroport xodimlari undan Benelli quroli va travmatik to‘pponchani tortib olishdi.

Qurol bilan samolyotga chiqish mumkin emasligini bilgan erkak g‘azabini yashirib turolmadi. U politsiyachilarni haqoratlab, kichik inspektorga tashlanadi.

Hozirda qonunbuzarga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yoqutistonda yo‘lovchi samolyotga o‘qotar qurol bilan chiqmoqchi bo‘ldi (video)