Amerikalik harbiylar kichik fuqarolik dronlariga qarshi kurashga mo‘ljallangan noodatiy qurolni sinovdan o‘tkazishdi. Unga “pnevmobazuka” deb nom ham berilgan, chunki undan otish uchun ballondagi siqilgan havo qo‘llanadi.
[media=https://www.youtube.com/embed/M6tT1GapCe4]
Gap 10 kilogramm keluvchi SkyWall100 zambaragi haqida ketmoqda. Uni NATO’ning NNTEX-18C mashg‘ulotlarida ko‘rish mumkin bo‘lgan. Kvantiko negizidagi zambarakdan amerikalik dengiz askarlari foydalangan.
Zambarakni ishlab chiqqan OpenWorks Engineering kompaniyasida ta’kidlanishicha, qurol 100 metrgacha balandlikdagi dronlarni ushlay oladi.
Zambarakning tungi ko‘rish moslamasi bilan jihozlangan nishonga olgichi snayard uchishi trayektoriyasini hisoblab chiqa oladi va uni kerakli nuqtada dronga qarshi ishlashga dasturlay oladi. “Pnevmobazuka”da turli o‘q-dorilarni qo‘llash mumkin: to‘r va parashyutli snaryadlar, o‘quv snaryadlari, mo‘ljalga elektromagnit impuls bilan ta’sir ko‘rsata oladigan snaryadlar. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi