16:30 / 01.02.2019
6 289

Alisher Usmonov milliarderlar reytingida yuqoriladi

Alisher Usmonov milliarderlar reytingida yuqoriladi
Blumberg dunyodagi eng boy 500 kishining reytingini yangiladi. Asli kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan rossiyalik biznesmen Alisher Usmonov o‘z boyligini yil boshidan beri 1,29 milliard dollarga oshirib, Bloomberg Billionaires Index (BBI) reytingining 68-o‘rnini egalladi.

65 yoshli Usmonov Rossiyaning eng yirik temir ruda ishlab chiqaruvchisi - «Metalloinvest»ni nazorat qiluvchi USM Holding Rossiya investitsiya guruhi 48 foiziga egalik qiladi. O‘z navbatida, u «Megafon» operatori ustav kapitalining 56,3 foiziga egalik qiluvchi «AF Telekom Xolding» MChJ yagona ishtirokchisidir.

Usmonov jd.com va Alibaba, Airbnb hamda Spotify internet-riteylerlaridan ulush xarid qilgan va Rossiyaning «Kommersant’» gazetasini nazorat qiladi, deyiladi reytingga qoldirilgan izohda.

2019 yil 1 fevral holatiga ko‘ra, Usmonovning boyligi 15,4 milliard dollarga baholanmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Alisher Usmonov milliarderlar reytingida yuqoriladi