18:18 / 17.05.2019
3 702

“DXR” rahbari Zaxarchenko o‘limining buyurtmachilari kimlar bo‘lganligi ma’lum qilindi

“DXR” rahbari Zaxarchenko o‘limining buyurtmachilari kimlar bo‘lganligi ma’lum qilindi
“DXR”ning birinchi rahbari Aleksandr Zaxarchenko o‘limining tashkilotchilari, ijrochilari va buyurtmachilari aniqlandi, deb ma’lum qildi respublikaning hozirgi rahbari Denis Pushilin.

Uning so‘zlariga ko‘ra, buyurtmachilar orasida "Ukrainaning yuqori lavozimdagi shaxslari" bor.

"Judayam yuqori lavozimli. Shuningdek, boshqa davlatlar fuqarolari ham bor. Mazkur voqea bo‘yicha jinoyat ishi alohida nazorat ostida. Barcha aybdorlar munosib jazo olishlari shart", — dedi Pushilin.

“DXR” rahbari 2018 yil 31 avgustda Donetsk markazidagi "Separ" kafesida yuz bergan portlashdan so‘ng halok bo‘lgandi.
Terakt oqibatida uning tansoqchisi ham halok bo‘lgan, 11 kishi jarohatlangan.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “DXR” rahbari Zaxarchenko o‘limining buyurtmachilari kimlar bo‘lganligi ma’lum qilindi