09:23 / 15.07.2019
3 724

Ukrainada prezident Zelenskiyning korteji avtobuslar bilan to‘qnashdi (video)

Ukrainada prezident Zelenskiyning korteji avtobuslar bilan to‘qnashdi (video)
Foto: «Strana»
Ukrainaning Zaporoje viloyatida kurortlardan qaytayotganlarni olib kelayotgan avtobuslar kolonnasi prezident Vladimir Zelenskiyning korteji bilan to‘qnashdi. Bu haqda «Korrespondent.net»ga tayanib Daryo xabar bermoqda.

Avtobuslar bilan kortejdagi uchta avtomobil to‘qnashgan. Ular yaxshigina pachoq bo‘lgani, avtobuslardan biri esa yo‘l chetiga borib qolganini ko‘rish mumkin.

Mahalliy politsiyaga ko‘ra, avtobuslar yo‘lovchilari, jumladan bolalar, jabrlanmagan.

Foto: «Strana»
Zelenskiy kortejda bo‘lmagan; u oldinroq Kiyevga samolyotda qaytgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukrainada prezident Zelenskiyning korteji avtobuslar bilan to‘qnashdi (video)