19:13 / 01.08.2019
3 423

102 yoshli ayol Haj amalini bajarish uchun Saudiya Arabistoniga bordi (foto)

102 yoshli ayol Haj amalini bajarish uchun Saudiya Arabistoniga bordi (foto)
Foto: Thai News
Tailandning 102 yoshli fuqarosi Haj amalini ado qilish uchun Saudiya Arabistoniga bordi, deb xabar beradi Thai News'ga tayanib Kun.uz nashri.
No Lanai ismli ayol o‘z o‘g‘li bilan farz amalini bajarish uchun Makka shahriga yetib borgan. Ayni paytda u yoshi eng ulug‘ hoji ona hisoblanadi.

Sog‘lig‘i joyida bo‘lishiga qaramay, No Lanai nogironlik aravachasida harakatlanmoqda. U Haj amalini ado qilish uchun kuch-quvvatini asrayapti.
Muslima ayol anchadan buyon Hajga borishga harakat qilgani, ammo har safar rejalari turli sabablarga ko‘ra o‘zgarib qolgani haqida gapirib berdi.

Foto: Thai News
No Lanai Haj amalini ado qilish nafaqat ma’naviy, balki jismoniy tomondan ham tayyorgarlik ko‘rgan, turli mashg‘ulotlarni bajargan.

Foto: Thai News
Eslatib o‘tamiz, bu yil musulmonlar Haj amalini 9-14 avgust kunlari bajaradilar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » 102 yoshli ayol Haj amalini bajarish uchun Saudiya Arabistoniga bordi (foto)