Foto: Reuters
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan Donbassdagi urushni yakunlashning birinchi bosqichi bo‘yicha erishilgan kelishuv bajarilganini ma’lum qildi.
"Birinchi bosqich amalga oshdi, deb hisoblayman. Men, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va Rossiya prezidenti Vladimir Putin bergan va’dalarimizni hech bir o‘zgartirishlarsiz bajardik", - dedi Zelenskiy.
"Biz dastlabki qadamni qo‘ydik, qolgan barchasi bu qadam ortida... Buyog‘iga nima qilish kerakligini bilishimizga ishonchim komil. Biz barcha asirlarni qaytarishga yaqinlashamiz", - deb ta’kidladi u.
Ukraina prezidenti yaqin vaqt ichida "normandcha shakl"dagi muzokaralar o‘tkazilishiga umid bildirdi.
Avvalroq Rossiya va Ukraina "35 ga 35" ko‘rinishida o‘zaro mahbuslar almashishgandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?