Almazbek Atambayevga qotillik ayblovi qo‘yildi

  • 13 dekabr 2019, 18:10
  • 1 465
  • Dunyo
  • Almazbek Atambayevga qotillik ayblovi qo‘yildi
    Foto:«Sputnik»
    Qirg‘iziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayevga qotillik ayblovi qo‘yildi, deya yozmoqda «Interfaks».

    7 avgust kuni Atambayevning Qo‘y-Toshdagi qarorgohida maxsus kuchlar tomonidan ilk qo‘lga olish amaliyoti muvaffaqiyatsizlikka uchragan edi. Ushbu to‘qnashuvda «Alfa» maxsus kuchlar askarlaridan biri Usenbek Niyazbekov jarohatlar oqibatida halok bo‘lgan.

    Bir kundan so‘ng, maxsus kuchlar qarorgohga kirib, Atambayevni taslim bo‘lishga ko‘ndirishgandi.
    Biroz avval sobiq rahbarga nisbatan ekspertiza tekshiruvi ham tayinlangan edi. Ammo Atambayev mazkur amaliyotni qat’iyan rad etgan.

    Qirg‘iziston sobiq prezidentiga qotillikdan avval, korrupsiya, mansabini suiste’mol qilish, katta jinoyatchilarga ozodlik berish kabi ayblovlar qo‘yilgan edi.

    » » Almazbek Atambayevga qotillik ayblovi qo‘yildi