date

Eron: AQSH diplomatiyasiga ishonch yo‘qoldi — rasmiy bayonot

Eron: AQSH diplomatiyasiga ishonch yo‘qoldi — rasmiy bayonot

Ismoil Bag‘oiy — Eron Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi — AQSH bilan diplomatik munosabatlar bo‘yicha keskin fikrlar bildirdi.

Uning ta’kidlashicha, AQSH bilan muloqot jarayonida Eron bir necha bor salbiy tajribaga duch kelgan. Xususan, yadro masalasi yuzasidan muzokaralar davom etayotgan paytda mamlakat ikki marta hujumga uchragan.

“Biz AQSH diplomatiyasi bilan juda og‘ir va achchiq tajribaga egamiz. Muzokaralar jarayoni avjiga chiqqan bir paytda, to‘qqiz oy ichida ikki marta zarbaga uchradik. Bu — diplomatiyaga nisbatan ishonchsizlik va xiyonatning yaqqol ko‘rinishi”, — deya ta’kidladi u.

Rasmiy vakilning so‘zlariga ko‘ra, bu holat Eron jamoatchiligi orasida keng muhokama qilinayotgan masalaga aylangan. Ayniqsa, bunday voqealar bir emas, ikki marta takrorlangani ishonchning keskin susayishiga sabab bo‘lgan.

“Shu bois, bugungi kunda deyarli hech kim AQSH diplomatiyasiga to‘liq ishonch bildirmaydi”, — deya fikrini yakunladi Bag‘oiy.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Eron: AQSH diplomatiyasiga ishonch yo‘qoldi — rasmiy bayonot