AQSH–Eron muzokaralari Islomobodda: muhim uchrashuv kutilmoqda

AQSH va Eron o‘rtasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar yaqin kunlarda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilmoqda. Xabarlarga ko‘ra, uchrashuv shu hafta oxirida Islomobod shahrida tashkil etiladi.
Mazkur muloqot ikki davlat o‘rtasidagi keskinlikni yumshatish va muammoli masalalarni diplomatik yo‘l bilan hal etishga qaratilgani aytilmoqda. So‘nggi vaqtlarda yuzaga kelgan geosiyosiy vaziyat fonida bu uchrashuv katta ahamiyat kasb etmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, AQSH tomonidan muzokaralarda vitse-prezident J.D. Vens ishtirok etishi kutilmoqda. Eron tomoni esa Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi hamda parlament raisi Muhammad Bag‘ir G‘olibaf qatnashadi.
Tahlilchilarning fikricha, ushbu uchrashuv ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarda yangi bosqichni boshlab berishi yoki aksincha, mavjud qarama-qarshiliklarning yanada ochiq namoyon bo‘lishiga olib kelishi mumkin.
Shu bois Islomobodda o‘tkazilishi rejalashtirilgan mazkur muzokaralar nafaqat ikki davlat, balki butun mintaqadagi siyosiy vaziyatga ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan muhim voqea sifatida baholanmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!