date

Qaysi omillar O‘zbekistonga turistlar oqimini kuchaytirdi?

Qaysi omillar O‘zbekistonga turistlar oqimini kuchaytirdi?

2026 yilning yanvar–fevral oylarida O‘zbekistonga 1,77 millionga yaqin xorijiy sayyoh tashrif buyurdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 441 ming nafarga yoki 33 foizga ko‘proqni tashkil etadi.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatga kelayotgan sayyohlarning asosiy qismi an’anaviy ravishda qo‘shni davlatlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Xususan, Qirg‘iziston yetakchi o‘rinni egallab, 521 mingdan ortiq fuqaro bilan birinchi bo‘ldi. Undan keyingi o‘rinlarda Tojikiston (469 ming) va Qozog‘iston (386 ming) qayd etildi.

Shuningdek, eng ko‘p sayyoh yuborgan davlatlar qatoriga Rossiya (123 ming), Afg‘oniston (83 ming), Turkmaniston (51 ming), Xitoy (49 ming), Turkiya (24 ming), Hindiston (9 ming) hamda Janubiy Koreya (5 ming) kirgan. Ushbu ko‘rsatkichlar O‘zbekistonning turizm salohiyati ortib borayotganini yana bir bor tasdiqlaydi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Qaysi omillar O‘zbekistonga turistlar oqimini kuchaytirdi?