Foto: AFP 2019 / Jawed Tanveer
Afg‘onistondagi "Tolibon" harakati yanvar oxiriga qadar AQSH bilan tinchlik bitimi imzolashi mumkin, dedi toliblar vakili Suhayl Shahin Dawn gazetasiga bergan intervyusida.
"Bitim loyihasi tayyor. Hal qilish kerak bo‘lgan yagona narsa tinchlik bitimini imzolash sanasi. Bitimni kechi bilan shu oy oxiriga imzolaymiz degan umiddamiz", - dedi u.
Avvalroq Assoshieyted Press agentligi "Tolibon" harakati a’zolari AQSHning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Xalilzodga Afg‘onistonda yetti kundan o‘n kungacha muddatga vaqtincha o‘t ochishni to‘xtatish rejimini o‘rnatish taklif etilgan hujjatni taqdim etganini xabar qilgandi.
Shahin shuningdek, toliblar "xorij qo‘shinlari mamlakatdan bemalol chiqib ketishi uchun harbiy operatsiyalar miqyosini kamaytirgani"ni aytdi.
2019 yil dekabrda "Tolibon"va AQSH uch oylik tanaffusdan so‘ng Dohada muzokaralarni qaytadan boshlagan, ammo muzokaralar natijasiz yakunlangandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi