12:20 / 21.01.2020
2 776

Rossiyadagi yong‘inda 10 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘lgani ma’lum qilindi

Rossiyadagi yong‘inda 10 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘lgani ma’lum qilindi
Rossiyaning Tomsk viloyati Asinov tumanida 21 yanvar kuni sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘lgani haqida xabarlar tarqalgandi. O‘zbekiston FVV ushbu holat bo‘yicha birlamchi ma’lumot berdi.

«Birlamchi ma’lumotga asosan ushbu xonadonda 12 nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari yashaganliklari ma’lum bo‘ldi. Ulardan 10 nafari voqea joyida halok bo‘lgan va 2 nafar fuqaroga tibbiy yordam ko‘rsatilib, javob berilgan. Ular OOO «GRINVUD» yog‘och tayyorlash kompaniyasi ishchilari bo‘lishgan.

Vafot etgan fuqarolar Tomsk oblasti Asino shahridagi tuman shifoxonasida saqlanmoqda.

Mazkur holat yuzasidan voqea joyida xuquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi FVV, TIV, IIV hamda hududiy konsullik xizmatlari bilan hamkorlikda halok bo‘lganlarning shaxsiga aniqlik kiritish va ularni vataniga olib kelish bo‘yicha tashkiliy ishlar olib borilmoqda», deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyadagi yong‘inda 10 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘lgani ma’lum qilindi