date

Turkiyada qidiruvdagi o‘zbek fuqarolari qo‘lga olindi

Turkiyada qidiruvdagi o‘zbek fuqarolari qo‘lga olindi

Turkiyada ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi, deb xabar berdi O‘zbekistonning Turkiyadagi Bosh konsulligi.

Maʼlumotlarga ko‘ra, 40 yoshli T.R. va 38 yoshli F.A. O‘zbekistonda katta miqdorda firibgarlik sodir etgani uchun xalqaro qidiruvda bo‘lgan. Ular Ichki ishlar vazirligi xodimlari tomonidan aniqlanib, sud oldida javobgarlikka tortilishi uchun O‘zbekistonga qaytarilgan.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar so‘nggi yillarda O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni izchil rivojlantirgani qayd etildi. Bu yo‘nalishda jinoyatchilikka qarshi kurashish, xalqaro qidiruvdagi shaxslarni aniqlash va ularni adolat oldiga olib chiqish borasida samarali natijalarga erishilmoqda.

Konsullik bayonotida taʼkidlanishicha, hozirda ham mamlakat hududida turli jinoyatlarni sodir etgan va Turkiya hududida yashiringan shaxslarni aniqlash va qo‘lga olish bo‘yicha tezkor-qidiruv va huquqiy choralar faol davom ettirilmoqda.

Ushbu holat xalqaro hamkorlik va qonun ustuvorligini taʼminlashdagi muhim qadam sifatida baholanmoqda, shuningdek, mamlakatlararo huquqni muhofaza qilish tizimining samaradorligini ko‘rsatadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Turkiyada qidiruvdagi o‘zbek fuqarolari qo‘lga olindi