Turkiyada to‘y bo‘ldi, endi O‘zbekistonda qachon? Emre javob berdi

Emre Kivilchim Turkiyada kichik to‘y marosimi o‘tkazilganini va yaqin orada O‘zbekistonda yana to‘y qilish rejalashtirilayotganini aytdi. Bu haqda u “Tamerlan: Fath etuvchining yuksalishi” filmi premyerasida ma'lum qildi. Aktyor, shuningdek, Yulduz Rajabovaning ijodiy yutuqlari va muvaffaqiyatlaridan faxrlanishini ta'kidladi.
Kecha "Tamerlan: Fath etuvchining yuksalishi" filmining premerasida aktrisa Yulduz Rajabova va Emre Kivilchim ishtirok etdi. Tadbir davomida aktyor Emre shaxsiy hayotiga doir qiziqarli ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashdi.
Uning aytishicha, Turkiyada kichik to‘y marosimi o‘tkazilgan va yaqin kunlarda O‘zbekistonda yana bir to‘y qilish rejalashtirilmoqda. Shu bilan birga, Emre Yulduzning ijodiy yutuqlari va muvaffaqiyatlaridan faxrlanishini ham alohida ta’kidladi.
Jurnalistlardan biri aktyorga:
“Turkiyada katta to‘y qildingiz. Nega O‘zbekistonda to‘y bo‘lmadi?” deya savol berdi.
Emre esa bu savolga javoban:
“Ha, Turkiyada kichik to‘y qildik. Albatta, qilamiz. Inshaalloh, O‘zbekistonda yaqin orada to‘y o‘tkazamiz”, — dedi.
Bu xabar muxlislar orasida katta qiziqish uyg‘otib, ko‘pchilikni kutilmayotgan yangilik bilan xursand qildi.






























Izohlar 0
…