date

UFC Fight Night 271: Sietldagi adrenalinli jang kechasi natijalari...

UFC Fight Night 271: Sietldagi adrenalinli jang kechasi natijalari...

28 martdan 29 martga o‘tar kechasi AQSHning Sietl shahrida UFC Fight Night 271 turniri bo‘lib o‘tdi. Bu musobaqa sport muxlislari uchun yuqori darajadagi adrenalin va hayajon bilan to‘lgan kecha bo‘ldi.

Asosiy jang orasida eng katta eʼtibor o‘rta vazn toifasida Israel Adesanya (24-6) va Jo Payfer (16-3) o‘rtasidagi to‘qnashuvga qaratildi. Jangda Adesanya 2-raundda texnik nokaut bilan mag‘lub bo‘ldi. Bu uning ketma-ket to‘rtinchi mag‘lubiyati sifatida qayd etildi va muxlislar orasida turli fikr-mulohazalarga sabab bo‘ldi.

Asosiy kard doirasidagi boshqa muhim natijalar quyidagilar:

● Aleksa Grasso (17-5-1) birinchi raundda Meysi Barberni (15-3) bo‘g‘ish usulida mag‘lub etdi;

● Maykl Kiyeza (20-7) birinchi raundda Karlston Harrisni (19-8) bo‘g‘ish usulida yengdi;

● Julian Erosa (31-14) birinchi raundda Lerrayn Daglasga (2-0) nokaut bilan yutqazdi;

● Mansur Abdul-Malik (10-0-1) uchinchi raundda Yusri Belgaruini (9-4) nokautga uchratdi;

● Terrens Makkinni (18-8) birinchi raundda Kayl Nelsonni (17-7-1) nokaut bilan mag‘lub etdi.

Bu kechada ko‘plab yosh va isteʼdodli sportchilar o‘z imkoniyatlarini namoyish etdi, muxlislar uchun esa adrenalinli, qaynoq va xotirada qoladigan voqealarga boy kecha bo‘ldi. UFC Fight Night 271 haqiqatan ham jang sanʼatini sevuvchilar uchun aʼlo darajadagi shou bo‘ldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » UFC Fight Night 271: Sietldagi adrenalinli jang kechasi natijalari...