O‘zbek futboli — dunyo nigohida yoxud Tim Spirsning zamin.uz‘ga savollari

Qiziqarli jihati shundaki, o‘zbek futboliga nafaqat mahalliy, balki xorijiy OAV vakillarining ham qiziqishi kundan-kunga ortib bormoqda. Xususan, The New York Times nashrining taniqli sport jurnalisti Tim Spirs milliy futbolimizning madaniyatimizdagi o‘rni, milliy ligamiz va legionerlarimiz, ayniqsa, Abduqodir Husanov kabi yosh yulduzlarimiz haqida qiziqarli savollar bilan saytimizga murojaat qilgan.

«Katta rahmat! Yordamingiz uchun chin dildan minnatdorchilik bildiraman. Agar malol kelmasa, bir nechta savollarim bor edi...
1. O‘zbekiston madaniyatida futbol qanday o‘rin tutadi? Ko‘pchilik uni tomosha qiladimi va qiziqadimi? Agar shunday bo‘lsa, ular O‘zbekiston ligasi va milliy terma jamoasini kuzatib borishadimi yoki ko‘proq «Real Madrid» va «Manchester Siti» kabi xorijiy jamoalarga eʼtibor qaratishadimi?
2. O‘zbekistondagi eng ommabop sport turlari ro‘yxatida futbol nechanchi o‘rinda turadi? Yana qaysi sport turlari eng mashhur hisoblanadi?
3. Milliy terma jamoaning ilk bor Jahon chempionatida ishtirok etishi qanchalik katta hayajon uyg‘otmoqda? Odamlar yozda o‘yinlarni jamoaviy tarzda tomosha qilishadimi?
4. Saytingizdagi eng ommabop futbol xabarlari qaysilar? Masalan, Husanov haqidagi materiallarmi?
Savollarimga javob berganingiz uchun oldindan tashakkur, O‘zbekiston futboli haqidagi fikrlaringizni bilish men uchun juda foydali bo‘ladi.
Salom bilan,
Tim»
O‘zbekistonning ilk bor Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritgani xalqaro maydonda katta ijtimoiy hodisa sifatida baholanmoqda. Bu esa yurtimizda futbol shunchaki sport emas, balki milliy birlik ramziga aylanganini yana bir bor isbotlaydi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!