Germaniyada koronavirus bilan kasallanishga oid ilk holat tasdiqlandi

  • 28 yanvar 2020, 15:45
  • 1 470
  • Dunyo
  • Germaniyada koronavirus bilan kasallanishga oid ilk holat tasdiqlandi
    Foto: DW
    Germaniyada Xitoyning Uxan shahri tarqalish o‘chog‘i sanaladigan koronavirus bilan kasallanishga oid ilk holat tasdiqlandi. Bu haqda «Kommersant’» xabar bermoqda.

    Koronavirus keltirib chiqaradigan pnevmoniya Bavariyaning Shtarnberg okrugida qayd etilgan.
    Robert Kox instituti mutaxassislari Bavariyaning boshqa fuqarolari kasallikni yuqtirish ehtimoli past ekanligini ta’kidlamoqda.

    Virus aniqlangan erkak shifokorlar nazoratida bo‘lib turibdi. U yuqumlik kasalliklar bo‘limiga joylashtirilgan va boshqa bemorlardan ajratilgan. Uning holati qoniqarli ekanligi bildirilgan.

    » » Germaniyada koronavirus bilan kasallanishga oid ilk holat tasdiqlandi