date

Yunusobodda “dostavshik” seyfdan 50 ming dollar o‘g‘irlandi.

Yunusobodda “dostavshik” seyfdan 50 ming dollar o‘g‘irlandi.

Toshkentning Yunusobod tumanidagi ofisdan ichida 50 ming AQSh dollari bo‘lgan seyf yashirincha olib ketildi. Poytaxt IIBB matbuot xizmati bu haqida xabar berdi.

Toshkent shahar IIBB tezkor qidiruv xizmati va jinoyat qidiruv boshqarmasi favqulodda choralar olib, gumonlangan shaxslarni aniqladi. Natijada, jinoyatni tashkil qilgan shaxs – 1988 yilda tug‘ilgan Bobur, 2000 yilda tug‘ilgan Sherzod hamda MChJda haydovchi lavozimida ishlagan Abdurahmon qo‘lga olindi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, pullarni o‘g‘irlash jarayonida Abdurahmon ham yordam bergan: u Sherzodga skuter, buyurtma yetkazuvchilar sumkasi va shlemni tayyorlab bergan. Kechasi ofisga kelib, ichida 50 ming AQSh dollari bo‘lgan seyfni yerto‘lada olib, yashirgan.

Qo‘lga olingan shaxslar pushaymonligini bildirib, boshqa jinoyatlarni sodir etmaslikka va’da berishdi. “Faqat bir marta imkoniyat bering, oilam va farzandlarim oldida uyatga qoldim. Prezidentdan ham kechirim so‘rayman”, – deydi jinoyat tashkilotchisi.

Haydovchi ham sodir etgan harakati uchun afsusda va ommadan kechirim so‘radi. Seyfdan olib ketilgan pulning keyingi taqdiri bo‘yicha rasmiy ma’lumotlar keltiriladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Yunusobodda “dostavshik” seyfdan 50 ming dollar o‘g‘irlandi.