Rayhon Ulasenova o'g'lining to'y kuni sanasini oshkor qilib,keliniga sarpolarini topshirdi

O‘zbek aktrisasi Rayhon Ulasenova kelini Azizaxonga qilgan sovg‘alari bilan muxlislarini xushnud etdi. Aktrisa ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida o‘g‘li Azizbek va kelini Azizaxonga baxt va omad tilab, keliniga did bilan tanlangan sarpolarini topshirganini e’lon qildi.
Sarpolarga maxsus marjonlar va chig‘anoq shaklidagi bezaklar kiritilgan bo‘lib, ular kelinning yangi hayotiga omad va farovonlik tilash maqsadida tanlangan. Nikoh to‘yi 7 avgustga belgilangan.
Foydalanuvchilar aktrisaning e’tiborli va samimiy harakatini yuqori baholab, o‘g‘liga ham keliniga ham eng yaxshi tilaklarni yo‘llashmoqda. Ushbu tadbir oilaviy muhabbat va an’analarga hurmat ramzi sifatida ko‘rilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing