date

Aprelda qor yog‘di: tog‘li hududlarda kutilgan holat

Aprelda qor yog‘di: tog‘li hududlarda kutilgan holat

O‘zbekistonning ayrim tog‘li hududlarida aprel oyi o‘rtalariga xos bo‘lmaganday tuyulgan ob-havo kuzatildi. 7 aprel kuni Qashqadaryo viloyatining tog‘li G‘yelon va Maydanak qishloqlarida yomg‘ir yog‘ishi jarayonida havo keskin sovib, yog‘ingarchilik qorga aylandi. Shu kabi holat Jizzax viloyatining Zomin tumanidagi tog‘li hududlarda ham qayd etildi.

Oradan bir kun o‘tib, 8 aprel sanasida Qamchiq dovonida ham qor yog‘ishi kuzatilib, haydovchilar va yo‘lovchilar uchun qo‘shimcha ehtiyotkorlik talab etildi. Bu kabi ob-havo o‘zgarishlari ko‘pchilikni hayratga solgan bo‘lsa-da, mutaxassislar bu holatni tabiiy jarayon sifatida baholamoqda.

Iqlimshunos Erkin Abdulahatov taʼkidlashicha, bahor faslining o‘rtalarida ham tog‘li hududlarda havo harorati pasayishi, hatto manfiy ko‘rsatkichlarga tushishi mumkin. Shu sababli bu kabi joylarda qor yog‘ishi oddiy hol sifatida qabul qilinadi.

Shu bilan birga, “O‘zgidromet” tomonidan 7–9 aprel kunlari Qashqadaryo va Jizzax viloyatlarining tog‘li hududlarida sel va suv toshqini xavfi borligi haqida ogohlantirish berilgani ham bejiz emas. Mutaxassislar aholini ehtiyotkor bo‘lishga, ayniqsa tog‘li hududlarda harakatlanayotganda xavfsizlik choralariga amal qilishga chaqirmoqda.

Qisqasi, bahor o‘z “xarakteri”ni yana bir bor ko‘rsatdi — pastliklarda gullar ochilayotgan bir paytda, tog‘larda qish hali to‘liq chekinmagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Aprelda qor yog‘di: tog‘li hududlarda kutilgan holat