date

AQSH va Eron o‘rtasida vaqtinchalik sulh tuzildi

AQSH va Eron o‘rtasida vaqtinchalik sulh tuzildi

Jahon siyosat maydonida kutilmagan, ammo muhim burilish yuz berdi. AQSH Prezidenti Donald Tramp Eron bilan ikki haftalik otashkesim rejimiga kelishilganini e’lon qildi. Pokiston vositachiligida erishilgan ushbu kelishuv mintaqadagi keng ko‘lamli urush xavfini vaqtincha bo‘lsa-da chekladi.

Tomonlar o‘zaro harbiy harakatlarni 14 kunga to‘xtatib, bu vaqtdan uzoq muddatli tinchlik bitimini imzolash uchun foydalanishadi.

Eron dunyo energotizimi uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan Hormuz bo‘g‘ozi orqali kemalarning "xavfsiz o‘tishi"ni ta’minlashga va’da berdi.

Juma kuni Islomobodda (Pokiston) ikki davlat delegatsiyalari o‘rtasida tinchlik muzokaralari boshlanishi kutilmoqda. AQSH delegatsiyasiga vitse-prezident JD Vens boshchilik qilishi aytilmoqda.

Xabar e’lon qilinishi bilan jahon moliya bozorlari ijobiy munosabat bildirdi. Xususan, neft narxi 6% ga tushdi, Amerika fond bozori ko‘rsatkichlari (S&P 500) esa o‘sishni boshladi.

Bu garchi Vashington va Tehron kelishuvga erishgan bo‘lsa-da, Isroil va Livan yo‘nalishida vaziyat hamon chalkashligicha qolmoqda. Isroil Bosh vaziri Netanyaxu Eron bilan bog‘liq masalada sulhga amal qilishini bildirdi, biroq Livandagi operatsiyalar bo‘yicha aniq to‘xtamga kelinmagan.

Prezident Tramp ushbu kelishuvni "Yaqin Sharqdagi uzoq muddatli tinchlik sari ulkan qadam" deb atagan bo‘lsa, Eron tomoni buni Pokistonning "birodarlarcha harakati" va harbiy eskalatsiyani to‘xtatish imkoniyati sifatida baholamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » AQSH va Eron o‘rtasida vaqtinchalik sulh tuzildi