Oksford universiteti professori Robin Danbar boshchiligidagi britaniyalik olimlar ayol va erkaklarning do‘stlashish tushunchasiga munosabatini o‘rganib chiqib, quyidagi xulosaga keldi. Ayollar uchun do‘stlikni saqlab qolish uchun telefon orqali suhbatlarning tez-tez bo‘lib turishi etarli ekan. Bir vaqtning o‘zida, erkaklar yuzma-yuz muloqotda bo‘lib, suhbatlashgan kishisini do‘st deb bilishi ma’lum bo‘ldi, deb yozadi Qalampir.uz sayti.
Tadqiqot sinovlarida 30 ta talaba ishtirok etib, do‘stlikka oid bir qator savollarga javob berishdi. Ular savollar orasida, barcha yaqinlari bilan qay uslubda aloqani saqlab turishini ham aytib berdi. Avval, birinchi bosqichda to‘qqiz oy, so‘ngra 18 oy davomida ish olib borgan olimlar guruhi ajoyib natijani qo‘lga kiritdi.
Xulosa shunday bo‘ldiki, ayollar dugonasi bilan telefon orqali suhbatlashib o‘z munosabatlarini bardavom saqlab turadi. Lekin, erkaklar uchun jonli suhbat va doimiy uchrashuvlar muhimroq ekan. Olimlarning fikricha, bu natija, nega erkaklarda ayollarga qaraganda kamroq do‘sti bor ekanini mantiqan tushuntirib bera oladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi