date

Uyqu va charchoqni keltirib chiqaruvchi 8 mahsulot

Uyqu va charchoqni keltirib chiqaruvchi 8 mahsulot

Odatda oziq-ovqat insonga kuch-quvvat va energiya beradi, deb o‘ylaymiz. Biroq shunday mahsulotlar ham borki, ular aksincha, organizmni sustlashtirib, uzoq vaqt davomida uyquchanlik va holsizlikni keltirib chiqarishi mumkin. Quyida tana quvvatini pasaytirishi mumkin bo‘lgan bir qator mahsulotlar haqida so‘z yuritamiz.

Suli yormasi

Eng foydali nonushtalardan biri sifatida tanilgan suli yormasidan tayyorlangan bo‘tqa ham ba’zan charchoq hissini keltirib chiqarishi mumkin. Chunki uning tarkibida sog‘lom uyquni qo‘llab-quvvatlaydigan triptofan moddasi bor. Ertalab yeyilgan suli yormasi tushlik paytiga borib uyqu chaqirishi ehtimoldan xoli emas.

Banan

Bu meva kaliyga boy bo‘lib, organizmda melatonin ishlab chiqarilishiga yordam beradi. Banan tarkibidagi gamma-aminoyog‘ kislotasi esa asab tizimini tinchlantiradi. Shu bois kunning birinchi yarmida banan iste’mol qilinsa, kechqurun uyquchanlik va bo‘shashish hissi kuchayishi mumkin.

Qora olxo‘ri

Qora olxo‘ri B6 vitamini manbayi hisoblanadi. Aynan shu vitamin melatonin biosintezini kuchaytirishi tufayli insonda uyqu bosish holatini yuzaga keltirishi mumkin.

Kivi

Kivi tarkibida tanani xotirjam qiluvchi C vitamini va karotenoidlar mavjud. Ayniqsa, kechki ovqatdan keyin kivi iste’mol qilish uyqu sifatini yaxshilashga xizmat qilishi aytilgan.

Yog‘li baliq

Losos, midiya, tuna kabi yog‘li dengiz mahsulotlari D vitamini va omega-3 kislotalariga boy. Ular serotonin ishlab chiqarilishini tartibga solishda ishtirok etadi. Shuningdek, qizil ikra ham uyqu chaqirishi mumkinligi qayd etilgan.

Bodom

Ushbu yong‘oq tarkibidagi magniy organizmni tinchlantirib, uyqu keltirishi mumkin. Biroq bodom yog‘li mahsulot bo‘lgani sababli uni haddan tashqari ko‘p iste’mol qilish tavsiya etilmaydi.

Shakarli mahsulotlar

Shirinliklar, guruch, makaron va non mahsulotlari nafaqat vazn oshishiga, balki energiyaning tez sarf bo‘lishiga ham olib keladi. Bunday mahsulotlar qondagi shakar miqdorini qisqa vaqt ichida keskin oshiradi, keyin esa insulin miqdoridagi o‘zgarish tufayli uyquchanlik va charchoqni kuchaytirishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Foydali » Uyqu va charchoqni keltirib chiqaruvchi 8 mahsulot