9 mart kuni qaysi hududlarida qor kutilmoqda?

2 daqiqa o'qish86K
9 mart kuni qaysi hududlarida qor kutilmoqda?
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • 9 mart kuni Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ayrim joylarda yomg'ir va qor aralash yog'ingarchilik kutiladi.
  • Navoiy viloyatining cho'l hududlarida yog'ingarchilik yomg'ir yoki qor ko'rinishida bo'lishi mumkin.
  • Tog'oldi va tog'li hududlarda ham ayrim joylarda yomg'ir va qor yog'ishi, tuman tushishi, sel-suv toshqinlari va qor ko'chishi xavfi mavjud.

O‘zbekistonda 9 mart kuni ob-havo ancha beqaror tus oladi. Ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi, ba’zi joylarda esa yog‘ingarchilik qor ko‘rinishiga o‘tishi mumkin. Ayniqsa, shimoliy va tog‘li hududlarda havoning keskinroq o‘zgarishi kutilmoqda. “O‘zgidromet” ma’lumotlariga ko‘ra, 9–12 mart kunlari respublikaga sovuq va nam havo massalari kirib keladi, shu bois yangi hafta bahoriy iliqlik emas, balki sernam va salqin kayfiyat bilan boshlanadi.

Poytaxt — Toshkentda ham osmon tez-tez o‘zgarib turadi. Kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Shamol yo‘nalishi o‘zgarib, g‘arbdan 3–8 metr/sekund tezlikda esadi, ayrim paytlarda 10–12 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi 9–11 daraja iliq, kunduzi esa 14–16 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ayrim joylarda yomg‘ir va qor aralash yog‘ingarchilik kuzatiladi, tuman tushishi mumkin. Shamol 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi hududlarda 15–20 metr/sekundgacha, ayrim joylarda 22–25 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3 daraja sovuqdan 2 daraja iliqqacha, kunduzi 5–10 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham ob-havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi, Navoiy viloyatining cho‘l hududlarida esa yog‘ingarchilik yomg‘ir yoki qor ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Tuman tushishi ehtimoli bor. Shamol ayrim joylarda 22–25 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat asosiy hududlarda 8–13 daraja iliq, Navoiy viloyatining cho‘l hududlarida 2–7 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent viloyati, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida ham ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esib, ba’zi joylarda 15–20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7–12 daraja iliq, kunduzi 12–17 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol ayrim joylarda 22–25 metr/sekundgacha kuchayishi, chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 9–14 daraja iliq, kunduzi 15–20 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida ham ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 5–10 daraja iliq, kunduzi 15–20 daraja iliq bo‘ladi.

Tog‘oldi va tog‘li hududlarda esa ayrim joylarda yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik kuzatiladi. Tuman tushishi, sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi va qor ko‘chishi xavfi mavjud. Harorat kechasi 0–5 daraja iliq, kunduzi 5–10 daraja iliq bo‘ladi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?