Kamol va Nihonning qizi bugun qanday ko‘rinishda?

Turkiyaning mashhur “Sevgi iztirobi” seriali orqali qalblardan chuqur joy olgan qahramonlar orasida eng kichik obrazlardan biri ham tomoshabinlar xotirasida saqlanib qolgan. Oradan yillar o‘tgan bo‘lsa-da, serial sahnalari, ta’sirli lahzalar va qahramonlar ishtirokidagi parchalarni hali ham ijtimoiy tarmoqlarda qayta-qayta uchratish mumkin.
Ayniqsa, shunday videolardan birida Emir obrazini mahorat bilan gavdalantirgan Kaan Urganchio‘g‘lining qo‘lida kichik Denizni ko‘rish mumkin. Bu kadr ko‘plab muxlislarda iliq xotiralarni uyg‘otdi. Chunki serialni kuzatgan auditoriya uchun Deniz shunchaki chaqaloq emas, balki voqealar zanjirida muhim o‘rin tutgan, mehr uyg‘otuvchi kichik qahramon edi.

Eng qizig‘i, ortidan namoyish etilgan yangi tasvirlarda o‘sha chaqaloq Denizning ancha ulg‘aygani, chehrasi ham butunlay o‘zgarib ketganini ko‘rish mumkin. Bir vaqtlar serial muxlislarining mehrini qozongan qizaloq bugun endi kattaroq yoshga qadam qo‘ygan.
Ekranda Deniz sifatida ko‘ringan qizaloqning haqiqiy ismi Arven Beren Kushatman bo‘ladi. U yaqinda 10 yoshni qarshi oldi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Arven 2016 yil 19 may kuni Istanbul shahrida tavallud topgan.

Hozirgi vaqtda u bolalar fotomodeli sifatida faoliyat yuritmoqda. Arven turli reklama loyihalari va jurnallar uchun suratga tushib, kichik yoshidan-oq omma e’tiborini tortmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda ham u katta qiziqish uyg‘otgan. Xususan, Instagram sahifasini bir milliondan ziyod foydalanuvchi kuzatib borayotgani bu qizaloqqa bo‘lgan qiziqish qanchalik yuqori ekanini ko‘rsatadi.
“Sevgi iztirobi” seriali 2015—2017 yillar oralig‘ida suratga olingan bo‘lib, unda Burak O‘zchivit, Neslihan Atagul, Kaan Urganchio‘g‘li kabi mashhur aktyor va aktrisalar ishtirok etgan. Mazkur loyiha nafaqat Turkiyada, balki boshqa davlatlarda ham ulkan auditoriya mehrini qozongan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!