Foto: islam.kz
Tuya suti tarkibida aminokislotalar, ko‘p miqdorda temir moddasi tutganligi sababli juda foydali sanaladi.
Yuqoridagi tarkibiy tuzilmalar bilan kamqonlikda juda yaxshi samara beradi. Sut tarkibidagi fosfor va kalsiy esa regeneratsiya jarayonini tezlashtiradi, suyaklarga qattiqlik bag‘ishlaydi. Shuningdek sut tarkibida S, D, V guruh vitaminlari, natriy va kaliy tuzlari tutadi.
Tuya sutining kaloriyasi yuqori emas. Onkologik kasalliklar va leykemiya kasalligida tuya sutining foydasi aniqlangan. Ushbu sutdan sil, yaralar, oshqozon-ichak tizimi kasalliklarida, oshqozon osti bezi, jigar kasalliklarida samarali foydalaniladi.
Bizda tuya sutini ko‘pincha gepatit va jigar sirroziga buyurishadi. Bu sut jigardagi yallig‘lanishni kamaytiradi. Sut tarkibidagi moddalar gepatit virusi DNKsi replikatsiyasini bloklaydi. Bemor immunitetini kuchaytiradi. Bu sut V virusli gepatit bilan og‘riganlarga tavsiya etiladi.
Gepatit kasalligidan tashqari sutni qandli diabetda, teri kasalliklarida qo‘llash mumkin. Aynan teri elastikligi yaxshilaganligi sababli kosmetologiyada ham faol qo‘llaniladi.
Tuya suti o‘zlashtirishning buzilishlarida zarar qilish mumkin. Masalan ushbu sutga nisbatan allergiya bo‘lishi. Shuningdek sut o‘z tarkibida laktoza tutadi. Bu parchalanish jarayonida glyukoza va galaktozaga aylanadi. Bu moddaning o‘zlashtirilishi yaxshi emas. Natijada bo‘g‘imlar, teri osti yog‘ qavatida yig‘ilib, sellyulitni rivojlantiradi. Agar organizm kozeinni o‘zlashtira olmasa, bunday sutni ko‘p ichish orqali organizmdan kalsiy chiqib ketadi. Bu esa suyaklarni sinuvchan bo‘lib qolishiga olib keladi.
Xurshidbek Yakubjonov
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Shomurodov, navbat “Yuventus”ga!