Har bir soatda dunyoga kelgan insonning o‘ziga xos xususiyatlari...

Har bir soatda dunyoga kelgan insonning o‘ziga xos xususiyatlari...
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Astrologlar va psixologlar fikricha, insonning tug'ilgan vaqti uning tabiati, qobiliyatlari va hayotiy yo'nalishiga ta'sir ko'rsatadi.
  • 00:00–02:00 da tug'ilganlar intiluvchan, sinchkov va aqlli, 02:00–04:00 da tug'ilganlar serg'ayrat va manfaatparvar, 04:00–06:00 da tug'ilganlar qat'iyatli va mehnatsevar bo'ladi.

Astrologlar va psixologlar fikricha, tug‘ilgan vaqt shaxsning tabiati va kundalik hayotiga ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, 00:00–02:00 oralig‘ida dunyoga kelgan chaqaloqlar intiluvchan, sinchkov va aqlli bo‘lib o‘sadi. Ular mayda detallarga e’tibor qaratgan holda hammani kuzatib, dunyoni o‘rganishni yaxshi ko‘radilar.

- 02:00–04:00 da tug‘ilganlar serg‘ayrat, manfaatparvar va tabiatan foydasini ko‘zlaydigan shaxslar bo‘ladi. Ular hayotda o‘z maqsadini aniq bilishadi va imkoniyatlarni qo‘ldan boy bermaydi.

- 04:00–06:00 da dunyoga kelganlar esa qat’iyatli, har qanday murakkab ishni osonlik bilan uddalay oladigan mehnatsevar shaxslar bo‘lishadi.

- 06:00–08:00 oralig‘ida tug‘ilganlar xayolparast, orzularga beriluvchan va hissiyotlari nozik bo‘lgan shaxslar sifatida shakllanadi. Ular ko‘pincha san’at va ijodni yoqtiradi.

- 08:00–10:00 da dunyoga kelganlar insonparvar va samimiy, boshqalarga yordam berishdan mamnun bo‘ladi.

- 10:00–12:00 da tug‘ilganlar izzattalab, ishi uchun jonini fido qiladigan, mansab va mas’uliyatni yaxshi biluvchi shaxslar bo‘ladi.

- 12:00–14:00 oralig‘ida dunyoga kelganlar sayohatni sevuvchi, murakkab vaziyatlarda ham osonlikcha yo‘l topadigan shaxslardir.

- 14:00–16:00 da tug‘ilganlar mehnatkash, qiyinchiliklardan qochmaydigan va sabrli tabiatli shaxslar hisoblanadi.

- 16:00–18:00 oralig‘ida dunyoga kelganlar tinchlikparvar va barchaga yaxshilik tilaydigan tabiatli shaxslardir.

- 18:00–20:00 da tug‘ilganlar ruhan kuchli, qat’iyatli va mustaqil shaxslar sifatida rivojlanadi.

- 20:00–22:00 oralig‘ida dunyoga kelganlar esa “yulduz” bo‘lib, hayotida shohona umid va mashhurlikni orzu qiladi.

- 22:00–24:00 da tug‘ilganlar faylasuf, bilimdon va ichki dunyosi boy shaxslar bo‘lib, vaziyatlarga boshqacha nazar bilan qarashadi.

Shunday qilib, tug‘ilgan soat har bir insonning xarakteri, qobiliyatlari va hayotiy yo‘nalishini belgilaydi.

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar