Jahon banki O‘zbekiston biznesiga milliardlar ajratadi

  • 20 yanvar 2017, 11:50
  • 4 710
  • Iqtisodiyot
  • Jahon banki O‘zbekiston biznesiga milliardlar ajratadi

    O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Jahon bankining Evropa va Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha vise-prezidenti Siril Myullerni qabul qildi.

    "Sizning O‘zbekiston va Jahon banki o‘rtasidagi keng ko‘lamli hamkorlikni qo‘llab-quvvatlash masalasiga shaxsiy e’tiboringizni yuqori baholayman. O‘tgan yili 2020 yilga qadar qabul qilingan mamlakat dasturi uchun minnatdorchilik bildiraman", — dedi Mirziyoyev Myuller bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda.

    Shuningdek, Prezident O‘zbekiston va JB orasidagi hamkorlik jadal rivojlanib borayotganini alohida ta’kidlab o‘tdi. "Yaqinda biz Jahon banki bilan millionlar (dollar) haqida gaplashgan bo‘lsak, bugun milliardlar haqida gaplashmoqdamiz", — dedi Mirziyoyev.

    Myuller esa o‘z navbatida O‘zbekistonda kichik biznesni jadal rivojlantirish, qulay ishbilarmonlik va investisiya muhitini yanada yaxshilash bo‘yicha yaqinda qabul qilingan chora-tadbirlar g‘oyat muhim ahamiyatga ega ekanini alohida ta’kidladi. Tomonlar shuningdek, o‘zaro hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari xususida fikr almashishdi, sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish va istiqbolli loyihalarni amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlarini muhokama qildilar, deb yozadi Kun.uz sayti.

    Jahon banki ijrochi direktorlar kengashi 2016 yilning iyulida O‘zbekiston bilan hamkorlikning yangi konsepsiyasini ishlab chiqdi. Xususan, JB O‘zbekistondagi umumiy qiymati 4 milliard dollar bo‘lgan 27ta ustuvor loyiha uchun 3 milliarddan ortiq mablag‘ni zaxiraga saqlab qo‘ygan edi.

    O‘zbekiston Jahon bankiga 1995 yilda a’zo bo‘lgan. O‘tgan davr mobaynida O‘zbekiston ushbu tashkilotdan xususiylashtirish, moliya sohasini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligini modernazasiya qilish, elektr energetika, ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash, sog‘liqni saqlash, ta’lim sohalariga mo‘ljallangan 33ta loyiha uchun umumiy hisobda deyarli 2,8 milliard dollar kredit olgan.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Jahon banki O‘zbekiston biznesiga milliardlar ajratadi