Milliy statistika: O‘zbekiston metallurgiyasi yil boshida katta o‘sish ko‘rsatdi

O‘zbekistonda metallurgiya sanoati 2026 yil yanvar oyida sezilarli o‘sishni qayd etdi — hajm 2,1 barobarga ko‘paydi.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, yil boshida mamlakatda metallurgiya mahsulotlari ishlab chiqarish 29,2 trln so‘mni tashkil etdi.
Bu ko‘rsatkich 2025 yilning mos davriga nisbatan ancha o‘sganini ko‘rsatadi. Yanvar oyi bo‘yicha metallurgiya sanoati hajmi yillar kesimida quyidagicha:
- 2020-yil – 4,8 mlrd so‘m
- 2021-yil – 6,8 mlrd so‘m
- 2022-yil – 7,7 mlrd so‘m
- 2023-yil – 8,1 mlrd so‘m
- 2024-yil – 10,4 mlrd so‘m
- 2025-yil – 14,1 mlrd so‘m
- 2026-yil – 29,2 mlrd so‘m
Mazkur ma’lumotlar O‘zbekiston metallurgiya sanoatining barqaror o‘sishi va mamlakat iqtisodiyotidagi ahamiyatini yaqqol ko‘rsatib bermoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing