O‘zbekiston choy importiga millionlab dollar sarfladi

1 daqiqa o'qish395
O‘zbekiston choy importiga millionlab dollar sarfladi

2026 yilning yanvar oyida O‘zbekistonga 14 ta xorijiy mamlakatdan jami 2 570 tonna choy olib kirildi. Ushbu import hajmining umumiy qiymati 3,8 million AQSh dollarini tashkil etdi.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, choy importi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan kamaygan. Xususan, 2025 yil yanvariga solishtirganda hajm 421 tonnaga qisqargan.

Hisobotda qayd etilishicha, O‘zbekistonga eng katta hajmdagi choy Xitoydan yetkazib berilgan — 2 122 tonna. Shuningdek, Qozog‘iston (123 tonna), Eron (113,4 tonna), Keniya (97,6 tonna) va Indoneziya (41,8 tonna) ham asosiy yetkazib beruvchilar qatoriga kiradi.

Qolgan 72,3 tonna choy esa boshqa davlatlardan import qilingan. Bu ko‘rsatkichlar mamlakatda choyga bo‘lgan talab yuqori bo‘lib qolayotganini ko‘rsatadi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?