26 mart oltin quymalarning sotuv narxlari e'lon qilindi

O‘zbekiston Markaziy Banki 26 mart kuni o‘lchovli oltin quymalarning sotuv narxlarini e'lon qildi, 1 gram oltin narxi oldingi qiymatga nisbatan 38 400 so‘mga oshdi. 5 gram oltin 9 200 000 so‘m, 10 gram 18 399 000 so‘m, 20 gram 36 799 000 so‘m, 50 gram 91 997 000 so‘m, 100 gram esa 183 995 000 so‘m etib belgilandi. Oltin quymalarni O‘zbekistondagi barcha banklarning ofislaridan xarid qilish mumkin, biroq borishdan oldin ularning mavjudligini aniqlashtirish tavsiya etiladi.
O‘zbekiston Markaziy Banki tomonidan oʻlchovli oltin quymalarning 26 martdagi sotuv narxlari e'lon qilindi.
1 gram oltin narxi oldingi qiymatga nisbatan 38 400 so‘mga oshgan.
O‘lchovli oltin quymalarning narxlari quyidagicha:
5 gram — 9 200 000 so‘m.
10 gram — 18 399 000 so‘m.
20 gram — 36 799 000 so‘m.
50 gram — 91 997 000 so‘m.
100 gram — 183 995 000 so‘m.
O‘lchovli oltin quymalarni O‘zbekistondagi barcha banklarning ofislaridan xarid qilish mumkin.
Eslatma: Bank ofisiga borishdan oldin oltin quymalar mavjudligini aniqlashtirib olish yodingizdan chiqmasin. Oltin narxi jadal sur'atda oshib borayotganligi sababli sotuvlarning hajmi ham ortgan. Ko‘plab bank ofislarida oltin quymalarning tugab qolish ehtimoli mavjud.


























Izohlar 0
…