date

O‘zbekistonda naqdsiz savdo tizimi bank resurslarini oshiradi

O‘zbekistonda naqdsiz savdo tizimi bank resurslarini oshiradi

O‘zbekistonda 2026 yil 1 apreldan boshlab ko‘chmas mulk va avtomobillar savdosini naqdsiz tarzda amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Ahadbek Haydarovning maʼlum qilishicha, bu qadam yillik 60–100 trillion so‘m miqdoridagi mablag‘ni bank tizimiga olib kirishi mumkin va bu esa kredit bozorida raqobatni kuchaytirib, stavkalarning pasayishiga xizmat qiladi.

“Agar bitta mashina narxi 200 million so‘m deb olinsa va kun davomida 100 ta mashina sotilsa, bu bank tizimiga 20 milliard so‘m kiritadi. Agar 1000 ta mashina sotilsa – 200 milliard so‘m bo‘ladi”, dedi Haydarov 27 martdagi matbuot anjumanida. Uning fikriga ko‘ra, yillik hisobda bu ko‘rsatkichlar yana-da kattalashadi va banklar uchun katta miqdorda “arzon resurs” yaratiladi.

Haydarov taʼkidlamoqdaki, bu jarayon banklar o‘rtasida qatʼiy raqobatni yuzaga keltiradi. Mijozlarni jalb qilish uchun banklar o‘z xizmatlari sifatini yaxshilashga va shartlarni yengillashtirishga majbur bo‘ladi. “Agar kuniga 20 milliard so‘m bank hisobida aylanib tursa, bu mablag‘lar kreditga yo‘naltiriladi va natijada kredit resurslari arzonlashadi”, dedi vazir o‘rinbosari.

Bundan tashqari, Adliya vaziri o‘rinbosari Muzraf Ikromov maʼlum qilishicha, O‘zbekistonda yil davomida 5,4 millionga yaqin notarial harakatlar amalga oshiriladi. Shuning 320 mingtasi ko‘chmas mulk, 650 mingtasi avtomobil oldi-sotdisiga to‘g‘ri keladi.

Eslatib o‘tamiz, 2026 yil 1 apreldan boshlab O‘zbekistonda yoqilg‘i, alkogol va tamaki mahsulotlari, kommunal va davlat xizmatlari hamda ko‘chmas mulk va 10 yoshga to‘lmagan avtomobillar faqat naqdsiz tarzda sotiladi. Shu bilan birga, narxi 25 million so‘mdan yuqori har qanday tovar va xizmat ham faqat naqdsiz to‘lov evaziga xarid qilinishi mumkin.

Bu qadam nafaqat bank tizimida likvidlikni oshiradi, balki aholi va tadbirkorlik uchun qulay shart-sharoitlar yaratib, iqtisodiyotni raqobatbardosh va barqaror rivojlanishiga xizmat qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekistonda naqdsiz savdo tizimi bank resurslarini oshiradi