21:16 / 04.05.2017
5 377

Dollarning rublga nisbatan qiymati qariyb bir yarim oylik ko‘rsatkichni takrorladi

Dollarning rublga nisbatan qiymati qariyb bir yarim oylik ko‘rsatkichni takrorladi
Moskva birjasidagi savdolarda dollar qiymati avvalgi savdolar yopilishiga nisbatan 65 kopeykaga o‘sdi va 2017 yilning 22 mart kunidan beri ilk marta 58,03 rublni tashkil qildi. Bundan savdolar haqidagi ma’lumot darak bermoqda.

Mosbirjadagi savdolarda evro qiymati 85 kopeykaga o‘sgan hamda 63,33 rublni tashkil qilgan. Bu ham joriy yilning mart oyi o‘rtalarida qayd etilgan maksimumga yaqin ko‘rsatkichdir.

"Dollarning oshishidagi keyingi oraliq maqsad 58,22 rubl bo‘ladi, biroq 58,56-58,7 ham bo‘lishi mumkin. Hozircha qisqa muddatli o‘suvchi kanal pastga qarab sho‘ng‘imaydi", - deya ta’kidlab o‘tgan "BKS Ekspress" eksperti Ivan Kopeykin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Dollarning rublga nisbatan qiymati qariyb bir yarim oylik ko‘rsatkichni takrorladi