106
Malayziya O‘zbekistonda elektrotexnika sohasida qo‘shma loyihalar amalga oshirmoqchi
O‘zbekiston elchisi Karomiddin Gadoyev Malayziyaning "Erwan Technology Sdn. Bhd." ijrochi direktori Li Yeouv Lung bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.
Suhbat davomida O‘zbekistonda mis xomashyosini qayta ishlash, mamlakat energetika tizimini modernizatsiya qilish bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar hamda elektrotexnika mahsulotlarini ishlab chiqarish imkoniyatlari ta’kidlab o‘tildi. Respublikada xorijiy investorlarga berilayotgan soliq va bojxona imtiyozlari to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.
Tomonlar O‘zbekistonda misni qayta ishlash uchun mavjud xomashyo bazasi, transformatorlar, kichik turdagi maishiy elektrotexnika mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha O‘zbekiston hududlarida qo‘shma investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar.
Uchrashuv yakunida mazkur yo‘nalishlarda aniq loyihalarni ishlab chiqish maqsadida Malayziya kompaniyasi vakillarining O‘zbekistonga safarini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Ma’lumot uchun, 1993 yilda tashkil etilgan "Erwan Technology Sdn. Bhd." kompaniyasi "ERWAN" investitsiya xoldingi tarkibiga kiradi. Xolding muhandislik, mineral resurslar va qimmatbaho metallarni qazib olish va sotish, neft va gaz, elektrotexnika mahsulotlari, tibbiyot uskunalarini ishlab chiqarish kabi 40 dan ortiq sohalarda faoliyat yuritayotgan kompaniyalarni birlashtiradi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”