O‘zbekiston Qozog‘istondan 3,2 tonna kumush sotib oldi

  • 21 noyabr 2018, 13:46
  • 2 085
  • Iqtisodiyot
  • O‘zbekiston Qozog‘istondan 3,2 tonna kumush sotib oldi
    2018 yil yanvar-sentyabr oylarida Qozog‘iston 339,5 million dollarlik 2,4 ming tonna kumushni eksport qildi. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.

    Qimmatbaho metallni yetkazib berish 3,2 barobarga oshdi, sotuvdan olingan mablag‘ esa 16 foizga kamaydi.

    Asosiy ulush Buyuk Britaniyaga sotildi. Qozog‘iston ushbu mamlakatga qariyb 2,3 ming tonnani 243,7 million dollarga yetkazib berdi.

    Bundan tashqari, Hindistonga 51,5 million dollarlik 99,9 tonna kumush, Germaniyaga 42,7 million dollarlik 84,1 tonna, O‘zbekistonga esa 1,6 mln dollarlik 3,2 tonna kumush sotildi.

    Shuningdek, to‘qqiz oyda Qozog‘iston deyarli 3,4 million dollarlik 1,8 tonna oltin sotdi. Qirg‘iziston deyarli barcha partiyani qabul qilib oldi.

    Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda ayrim ma’lumotlarni rasman chop etish bo‘yicha cheklovlar olib tashlanishi xabar berilgandi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » O‘zbekiston Qozog‘istondan 3,2 tonna kumush sotib oldi