14:00 / 07.12.2019
5 765

Oʻzbekistonda bu yil qancha gʻalla va paxta yetishtirilgani maʼlum boʻldi

Oʻzbekistonda bu yil qancha gʻalla va paxta yetishtirilgani maʼlum boʻldi
Kecha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi xodimlariga tabrik yoʻlladi.

Shavkat Mirziyoyev joriy yilda Oʻzbekistonda 7 million 130 ming tonna gʻalla, 2 million 845 ming tonna paxta, 19 ming 600 tonna pilla, 21 million tonna meva-sabzavot, 400 ming tonna sholi, 2 million 600 ming tonna goʻsht va 11 million tonna sut mahsulotlari, 8,1 milliard dona tuxum olinganini taʼkidladi.

Bu yil qishloq xoʻjaligi mahsulotlaridan jami 217 trillion 700 milliard soʻm yoki oʻtgan yilga nisbatan 12 foiz koʻp foyda olingani, 1,3 milliard AQSH dollari qiymatidagi 1,5 million tonna meva-sabzavot eksport qilingani aytildi.

Shuningdek, Prezident keyingi yildan boshlab paxta yetishtirishni toʻliq – 100 foiz klaster usuliga oʻtkazilishini aytdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Oʻzbekistonda bu yil qancha gʻalla va paxta yetishtirilgani maʼlum boʻldi