date

KXDR yetakchisi Kim Chen In mamlakat prezidenti lavozimiga qayta saylandi

KXDR yetakchisi Kim Chen In mamlakat prezidenti lavozimiga qayta saylandi

KXDR yetakchisi Kim Chen In mamlakat prezidenti lavozimiga qayta saylandi, deb xabar beradi Koreyaning Markaziy telegraf agentligi (CTAK). Xabarda aytilishicha, “KXDR Oliy Xalq Majlisi o‘n beshinchi chaqiriq I sessiyasida Kim Chen Inni KXDR Davlat ishlari raisi lavozimiga qayta sayladi”.

Kim Chen In 2011 yilda otasi Kim Chen Ir vafotidan so‘ng KXDRning oliy rahbari, Koreya Mehnat partiyasi rahbari va Koreya xalq armiyasining oliy bosh qo‘mondoni etib e’lon qilingan edi. 2012 yilda u Davlat mudofaa qo‘mitasiga rahbar etib tayinlandi, 2016 yilda esa Davlat kengashi raisi bo‘ldi.

Uning lavozimi “KXDR davlat ishlari raisi” deb ham ataladi. 2019 yilda Oliy xalq yig‘ini parlament saylovlaridan keyingi birinchi sessiyasida Kim Chen In yana Davlat kengashi rahbari etib saylangan edi. Shu tariqa u siyosiy va harbiy lavozimlarini mustahkamlashda davom etmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » KXDR yetakchisi Kim Chen In mamlakat prezidenti lavozimiga qayta saylandi