date

Otabek Umarov nomidan tarqalgan videolar soxta ekanligi ma’lum bo‘ldi

Otabek Umarov nomidan tarqalgan videolar soxta ekanligi ma’lum bo‘ldi

Otabek Umarov nomidan tarqalayotgan videolarga rasman izoh berildi. Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov nomidan onlayn kazinolarni targ‘ib qiluvchi video tarqalmoqda.

Qo‘mita xabar berishicha, "Ushbu material mutlaqo haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Video sun’iy intellekt texnologiyalari yordamida yaratilgan bo‘lib, tasvir va ovoz real voqelikka mos emas hamda jamoatchilikni adashtirishga qaratilgan".

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi hamyurtlardan bunday asossiz va soxta axborotlarga ishonmaslikni so‘rab, mas’uliyatli qarashni tavsiya qilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Otabek Umarov nomidan tarqalgan videolar soxta ekanligi ma’lum bo‘ldi