AQSh Eron bilan urushni moliyalashtirish uchun yetarli resursga egami?

AQSh hukumati Eronga qarshi urushni moliyalashtirish uchun yetarli mablag‘ga ega, ammo kelajakda harbiylar zarur darajada ta’minlanishini kafolatlash maqsadida Kongressdan qo‘shimcha mablag‘ so‘ramoqda. Bu haqda AQSh moliya vaziri Skott Bessent NBC News telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Bessent aniq miqdorni aytmasdan, urushni moliyalashtirish uchun soliqlarni oshirish rejasi yo‘qligini ham ta’kidladi. “Bizda urushni moliyalashtirish uchun yetarli pul mavjud. Gap qo‘shimcha mablag‘lar haqida. Prezident Tramp birinchi muddatda qilganidek, hozir ikkinchi muddatda ham harbiylarni kuchaytirdi va u qurolli kuchlar kelajakda zarur bo‘lgan barcha narsalar bilan to‘liq ta’minlanishini istaydi”, — dedi Bessent.
Shuningdek, AQSh mudofaa vaziri Pit Xegset o‘tgan hafta “allaqachon bajarilgan va kelajakda amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan ishlar uchun yetarli mablag‘ni ta’minlash” maqsadida qo‘shimcha mablag‘lar kerakligini bildirgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!