Jeffris:"AQSHda benzin narxlari oshmoqda, milliardlab dollarlar isrof qilinmoqda..."

Jeffris:"AQSHda benzin narxlari oshmoqda, milliardlab dollarlar isrof qilinmoqda..."
Qisqacha

AQSh Vakillar palatasi demokratlari yetakchisi Hakim Jeffris mamlakat rejim o‘zgarishiga muhtojligini bildirdi. U bu fikrni AQShning Eronga qarshi urushini tanqid qilar ekan, Donald Tramp va respublikachi ekstremistlarni Yaqin Sharqda beparvo urush boshlaganlikda ayblab aytdi. Jeffris benzin narxlari oshayotgani, milliardlab dollarlar isrof qilinayotgani va mamlakat tobora xavfli bo‘lib borayotganini ta'kidladi.

AQSh Vakillar palatasi demokratlari yetakchisi Hakim Jeffris Qo‘shma Shtatlar rejim o‘zgarishiga muhtojligini e’lon qildi. U bu fikrni ijtimoiy tarmog‘ida AQShning Eronga qarshi yuritayotgan urushini tanqid qilib yozgan.

Jeffris ta’kidicha, “Donald Tramp va respublikachi ekstremistlar Yaqin Sharqda beparvo urush boshladilar. Benzin narxlari oshmoqda, milliardlab dollarlar isrof qilinmoqda va mamlakat tobora xavfli bo‘lib bormoqda”.

Shu sababli, Jeffris Amerika rejimi o‘zgarishi mamlakat barqarorligini ta’minlash va moliyaviy hamda xavfsizlik muammolarini yengish uchun zarur, deb hisoblaydi. Bu bayonot ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga sabab bo‘ldi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar