10:36 / 02.02.2017
7 886

O‘zbekiston elchixonasi Moskvadagi YTH oqibatida 2 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘lganini tasdiqladi

O‘zbekiston elchixonasi Moskvadagi YTH oqibatida 2 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘lganini tasdiqladi

O‘zbekistonning ikki nafar fuqarosi Moskva viloyati hududida 1 fevral kuni ro‘y bergan yirik yo‘l-transport hodisasi oqibatida olamdan o‘tgan. Bu haqda "RIA Novosti"ga asoslanib "Kun.uz" xabar qildi.

"FVV ma’lumotiga ko‘ra, ushbu YTH oqibatida ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi. Elchixona ayni vaqtda jabrlanganlar orasida o‘zbekistonliklar bor yoki yo‘qligiga aniqlik kiritmoqda", — deyilgan elchixona xabarida.

UAZ va Toyota Korotigino qishlog‘i yaqinidagi yo‘ldagi burilish joyida to‘qnashib ketgan. UAZ yonib ketgan, qurbonlar soni jami 9 nafarni tashkil qilgan, 3 kishi jarohatlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston elchixonasi Moskvadagi YTH oqibatida 2 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘lganini tasdiqladi