date

Eron yon bermayapti: Ho‘rmuz orqali bosim kuchaymoqda

Eron yon bermayapti: Ho‘rmuz orqali bosim kuchaymoqda

Yaqin Sharqdagi harbiy qarama-qarshilik yangi bosqichga o‘tmoqda. Eron katta yo‘qotishlarga qaramay, o‘z pozitsiyasini saqlab qolmoqda va strategik jihatdan muhim bo‘lgan Hormuz bo‘g‘ozi orqali bosimni kuchaytirishga harakat qilmoqda.

The Washington Post nashri ma’lum qilishicha, urushning to‘rtinchi haftasiga kelib Tehron harbiy zarbalar intensivligini oshirish va yoqilg‘i yetkazib berishda muhim ahamiyatga ega yo‘nalishlarni cheklash orqali raqiblariga ta’sir o‘tkazishga urinayotgani qayd etilgan.

Manbalarga ko‘ra, Tehron ushbu strategiya orqali mojaroni AQSH va uning ittifoqchilari uchun imkon qadar qimmat va og‘ir urushga aylantirishni maqsad qilgan. Shuningdek, Eron tomoni hujumlar to‘xtatilmaguncha muzokaralarga kirishmaslik pozitsiyasini bildirgan.

Kuzatuvchilar fikricha, bu kabi taktika mintaqadagi energetika xavfsizligi va xalqaro savdo yo‘llariga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ayniqsa, Hormuz bo‘g‘ozi orqali neft tashuvlarining cheklanishi jahon bozorida beqarorlikka olib kelishi ehtimoldan xoli emas.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Eron yon bermayapti: Ho‘rmuz orqali bosim kuchaymoqda