Jizzaxda bog‘chada bassеynga tushib cho‘kib o‘lgan 1,5 yoshli qizcha ishi bo‘yicha hukm o‘qildi

Jizzaxdagi «Mehrli yulduz» xususiy bog‘chasida 1,5 yoshli qizchaning basseynda cho‘kib vafot etishi bo‘yicha sud hukmi e'lon qilindi. Bog‘cha rahbari 66 yoshli Mavluda Yaqubovaga 5 yil ozodlikni cheklash va 20,6 mln so‘m jarima, tarbiyachi 38 yoshli Zilola Abilqosimovaga esa 3 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. Hodisa 2025 yil 24 oktabr kuni tushlik paytida bolalarni ovqatlantirishga olib chiqish vaqtida yuz bergan.
Jizzaxdagi «Mehrli yulduz» xususiy bog‘chasida yuz bergan fojia – bassеynga cho‘kib o‘lgan bola ishi bo‘yicha sud hukmi e’lon qilindi. Sud qaroriga ko‘ra, bog‘cha rahbari Mavluda Yaqubova va tarbiyachisi Zilola Abilqosimovaga ozodlikni cheklash jazosі tayinlandi. Hukm hali qonuniy kuchga kirmadi.
Hodisa 2025 yil 24 oktabr kuni sodir bo‘lgan. Tushlik payti bolalarni ovqatlantirishga olib chiqishda 1,5 yoshli qizni yo‘qotib qo‘ygan tarbiyachi birozdan so‘ng uni bassеynda cho‘kib turgan holda topgan. Shu asosda Jinoyat kodeksining 116-moddasi (kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.
Mirzacho‘l tumani sudi bog‘cha rahbari, 66 yoshli Mavluda Yaqubovaga 5 yil ozodlikni cheklash jazosini tayinladi va 20,6 mln so‘m jarima soldi. Bog‘cha tarbiyachisi, 38 yoshli Zilola Abilqosimova esa 3 yil ozodlikni cheklash jazosini oldi.
Sud hukmi hali qonuniy kuchga kirmagan, tomonlar shikoyat qilishga va prokuror protest keltirishga haqli.






























Izohlar 0
…